Prokuratura 9-qavatdan qulab halok bo‘lgan kelinning onasi aytgan vajlarni o‘rganib chiqadi

21 iyun kuni Toshkentning Chilonzor tumanida 20 yoshli kelin ko‘p qavatli uyning 9-qavatidan tushib ketib, vafot etgandi.
Sputnik
TOShKENT, 18-iyul — Sputnik. 21-iyun kuni soat 00:20 larda Toshkentning Chilonzor tumanida 20 yoshli kelin ko‘p qavatli uyning 9-qavatidan tushib ketib, vafot etgandi.
Marhumaning onasi qizi o‘zini uyning 9-qavatidan tashlamaganini aytib, bunga kuyovi va qudasini sababchi qilib ko‘rsatdi, deb xabar qildi Uznews nashri.
Suv uchun mojaro Namanganda dehqon o‘limi bilan yakun topdi
“Marhuma E’zoza Ozodovaning onasi qizi o‘zini tashlamaganini aytdi. Unga ko‘ra, holat narkotik moddalar iste’mol qiluvchi kuyovi va ayol qudasining muntazam tahqirlab kelishi oqibatida yuz berganini, u qaysidir sirni bilgani uchun o‘ldirilganini iddao qildi,” – deb yozilgan xabarda.
Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, hozirda holat bo‘yicha Chilonzor tumani prokuraturasi tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Surishtiruv davomida videoyozuvda ko‘rsatilgan vajlar ham o‘rganib chiqilishi ta’minlanadi.