TOShKENT, 15-iyul — Sputnik. MDH davlatlaridan kelgan migrantlarining o‘z vatanlariga pul jo‘natmalari miqdori kamaydi. Bu haqda RIA Novosti Rossiya Banki ma’lumotlariga asosan xabar qildi.
Moliya idorasining ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yil birinchi choragida o‘tkazmalar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 13,5 foizga kamaydi va 1,85 milliard dollarni tashkil etdi.
Barcha davlatlar orasida faqat O‘zbekistonga pul o‘tkazmalari miqdori oshdi. Yil davomida migrantlar respublikaga 12,4 foiz ko‘proq yoki 680,4 million dollar jo‘natdilar.
Turkmaniston esa boshqa mamlakatlar bilan taqqoslaganda eng kuchli pasayishni ko‘rsatdi: o‘tgan yil I-choragida respublikaga 0,8 million dollar jo‘natilgan bo‘lsa, bu yilda esa atigi 0,1 million dollar yuborildi.
Moldovaga o‘tkazmalar 2 baravarga (44,8 mln dollar), Tojikistonga - 37,3 foizga (224,9 mln dollar), Ukrainaga - 32,6 foizga (153,1 mln dollar), Ozarbayjonga - 29 foizga (127,7 mln dollar), Qozog‘istonga - 28,2 foizga (20,6 mln dollar), Qirg‘izistonga - 10 foizga (378,8 mln dollar) kamaydi.