AQShning afg‘onlarni evakuatsiya qilish rejasi Zaxarovaga Jvaneskiyni eslatib yubordi

AQSh va NATO davlatlari 1-maydan Afg‘oniston hududidan qo‘shinlarni chiqara boshlagach, mamlakatda vaziyat o‘tkir tus oldi.
Sputnik
TOShKENT, 15-iyul - Sputnik. RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQShning mamlakatda amerika kuchlariga yordam bergan Afg‘oniston fuqarolarini evakuatsiya qilish rejasiga satirachi Mixail Jvaneskiy so‘zlari bilan sharh berdi.
"Jvaneskiy yodga tushib ketdi: "Tartibga soldi. Hammasi shunday – hammayoqda tartib hukmron, kelib o‘tirmasang ham mayli". Afg‘onistonda amerikaliklar shunday demokratiyani rostlashdiki, xalqni olib chiqish kerak endi. Kelib o‘tirmasang ham mayli. Hammasi shunday", – deb yozgan diplomat Telegram kanalda.
Ashraf G‘ani Toshkentga keldi
Ilgariroq Associated Press AQSh mamlakatda bo‘lib turgan amerikalik harbiylar va ularning ittifoqdoshlariga ko‘mak ko‘rsatib kelgan Afg‘oniston fuqarolarini shu oy oxirida Islom respublikasidan chiqarib ketishni rejalashtirayotgani haqida xabar bergan edi.
OAVlar xabar berishicha, gap 18 ming kishi haqida bormoqda, ular orasida, misol uchun, tarjimonlar ham bor. Shuningdek, bu fuqarolarning 53 mingga yaqin oila a’zolari ham Afg‘onistondan chiqib ketishga umid qilmoqda.
1 maydan AQSh va NATO davlatlari Afg‘oniston hududidan qo‘shinlarni chiqara boshlagach, mamlakatdagi vaziyat o‘tkir tus oldi.
Toliblar Turkiyaga "so‘nggi afg‘oncha ogohlantirish" e’lon qildi: buyog‘i nima bo‘ladi?
2020 yil amerikaliklar va "Tolibon"* vakillari 18-yil deganda birinchi marta tinchlik bitimini imzoladilar. Ushbu kelishuv doirasida chet el qo‘shinlari Afg‘onistonni tark etishlari lozim. Oq uy kontingentni 11-sentabrga qadar to‘liq chiqarib ketish va’dasini bergan.
Kuni kecha Rossiya TIV toliblar 400 uyezddan yarmida nazorat o‘rnatishgani haqida bayonot berdi. RF prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulovning prognoziga ko‘ra, jangovar harakatlar yana ikki oy davom etishi mumkin.
Sputnik radiosi xabariga ko‘ra esa, afg‘on hukumati bir muddat oldin "Tolibon"* tomonidan egallangan barcha hududlar ustidan nazoratni qaytarib olgani haqida bayonot bergan.
* Rossiyada ta’qiqlangan xalqaro terroristik tashkilot.