TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. 13-14 iyul kunlari O‘zbekiston TIV rahbari Abdulaziz Kamilov Shanxay Hamkorlik Tashkilotiga a’zo davlatlar tashqi ishlar vazirlari kengashining Dushanbe shahrida bo‘lib o‘tgan navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.
Hindiston, Pokiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Tojikiston va O‘zbekiston tashqi siyosiy idoralari rahbarlari ShHT bosh kotibi va ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi direktori ishtirokida tashkilotning bo‘lajak yubiley sammitiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilishdi.
Abdulaziz Kamilov prinyal uchastie v zasedanii Soveta ministrov inostrannix del gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v Dushanbe
© Press-slujba MID Uzbekistana
Vazirlar ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashi yig‘ilishi kun tartibi loyihasini va majlisida imzolash uchun taklif qilingan hujjatlarni ko‘rib chiqdilar.
So‘nggi 20-yil ichida ShHT nufuzli xalqaro tuzilishga aylanib, zamonaviy davlatlararo aloqalar tizimini mustahkamlashda munosib ishtirok etayotgani alohida ta’kidlandi.
Tashkilot faoliyatini, shu jumladan, ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasini yanada kengaytirish va rivojlantirish bo‘yicha fikr almashildi.
Shuningdek, xalqaro va mintaqaviy xarakterdagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.
Delegatsiyalar rahbarlarini Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon ham qabul qildi.
Abdulaziz Kamilov prinyal uchastie v zasedanii Soveta ministrov inostrannix del gosudarstv-chlenov Shanxayskoy organizatsii sotrudnichestva v Dushanbe
© Press-slujba MID Uzbekistana
Uchrashuvda joriy yilning sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan ShHTning Dushanbe sammiti yakunlari bo‘yicha Tashkilotga raislik O‘zbekiston tomoniga o‘tishi munosabati bilan Abdulaziz Kamilov ShHTga a’zo davlatlar Tashqi ishlar vazirlari kengashi nomidan nutq so‘zladi.
Vazir o‘z nutqida o‘zaro aloqalarni rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb jihatlarini, ShHTga a’zo davlatlarning ko‘p tomonlama hamda ikki tomonlama shakldagi hamkorlik va sheriklik jarayonida erishilgan ulkan ijobiy yutuqlarni qayd etdi.