Afg‘onistondan bir guruh etnik qirg‘izlar Tojikistonga qochib o‘tdi

Toliblardan qochgan 77 nafar Afg‘oniston fuqarolarining aksariyatini etnik qirg‘izlar tashkil etadi.
Sputnik
TOShKENT, 14-iyul — Sputnik. Tojikiston harbiylari afg‘on chegarasidagi o‘tkazish punkti orqali toliblardan qochgan 77 nafar Afg‘oniston fuqarolarini mamlakat hududiga o‘tishiga ruxsat berdi. Bu haqda Tojikiston davlat milliy xavfsizlik qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot xizmati xabar qildi.
Ularning aksariyati Afg‘onistonning Badaxshon viloyati Vaxon tumanidagi Andemin qishlog‘idan bo‘lgan etnik qirg‘izlardir.
Tojikiston afg‘on qochoqlarini qabul qilyapti – video
Afg‘oniston fuqarolari “Tolibon”* vakillarining ta’qibidan qo‘rqib va jon saqlash maqsadida Tojikistonning Murg‘ob tumani Qizil Rabot qishlog‘idagi chegarani kesib o‘tgan.
Qochoqlar 26 nafar erkak, 20 nafar ayol va 31 nafar voyaga yetmagan bolalar iborat ekani aytilmoqda.
Tojikistonlik chegarachilar insonparvarlik nuqtayi nazaridan ularning mamlakat hududiga o‘tishiga ruxsat bergan.
“Yegulik va suv hammaga yetmayapti”: toliblardan jabr ko‘rgan afg‘onlar hayoti va arz-dodi