O‘zbekistonda koronavirusga qarshi to‘liq emlanganlar soni 1 millionga yaqinlashmoqda

Mamlakatda jami qo‘llanilgan vaksinalar qariyb 5 million dozaga yetdi.
Sputnik
TOShKENT, 13-iyul — Sputnik. O‘zbekistonda shu kungacha koronavirusga qarshi to‘liq emlangan fuqarolar soni 921 623 nafarni tashkil qilmoqda.
Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, kecha, 12-iyul kuni, respublika hududlari bo‘ylab 138 915 doza vaksina qo‘llanilgan.
O‘zbekistonda Rossiyada bo‘lgani kabi COVID-19ga qarshi majburiy emlash joriy etilishi mumkin
Mamlakatda emlash jarayonlari boshlangandan buyon jami 4 996 862 doza vaksinadan foydalanildi. 1-bosqichda 3,05 mln, 2-bosqichda 1,4 mln, 3-bosqichda 503 ming kishi emlangan.
Namangan (630 705 doza), Farg‘ona (627 250) va Andijon viloyatilari (571 655) emlashlar bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarni ko‘rsatmoqda.