Afg‘onistondagi Rossiya bosh konsulxonasi diplomatlari O‘zbekistonga ko‘chirildi

Rossiyaning Mazori Sharifdagi bosh konsulxonasi “vaziyat oydinlashgunicha” yopilgan edi.
Sputnik
TOShKENT, 12-iyul — Sputnik. Rossiyaning Mazori Sharifdagi bosh konsulxonasi diplomatlari vaqtincha O‘zbekistonga eson-omon ko‘chirildi. Bu haqda RIA Novostiga O‘zbekiston TIV matbuot kotibi Yusuf Kabuljanov ma’lum qildi.
“Hozirda Rossiya Federatsiyaning Xayratondagi konsullik muassasida ishlagan diplomatlari eson-omon O‘zbekiston hududiga olib kelinganini tasdiqlayman”, - degan TIV vakili.
Avvalroq Afg‘onistonning 1TV News telekanali “Tolibon”* harakati jangarilari faollashgani sabab Mazori Sharifdagi Turkiya, Pokiston va Eron konsulxonasi faoliyatini vaqtincha to‘xtatgani haqida xabar bergan edi. Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi mamlakatning Mazori Sharifdagi bosh konsulxonasi “vaziyat oydinlashgunicha” yopilganini ma’lum qilgan edi.
Chegaralarimiz daxlsizligi hech qanday shubha ostiga qo‘yilmasligi kerak –Asadov
Afg‘onistondagi xavfsizlik bilan bog‘liq vaziyat joriy yil aprelida AQSh prezidenti Jo Baydenning mamlakatdan Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilishi haqida bayonot bergandan so‘ng keskin yomonlashdi. 6-iyul holatiga ko‘ra, AQSh o‘z qo‘shinlarining 90 foizidan ziyodini olib chiqib ketishga ulgurgan. Afg‘onistondan NATOning boshqa davlatlari ham harbiylarini olib chiqib ketmoqda.
Buning ortidan “Tolibon”* Afg‘onistonning qator hududlariga hujum qilib, ularni egallab olishga urinmoqda. Hozirda Afg‘onistonning bir necha o‘nlab tumanlari toliblar nazorati ostiga o‘tib ketgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
“Tolibon”* Tojikiston bilan chegarada o‘z bayrog‘ini o‘rnatdi