TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Moskvada 68 ming nafarga yaqin chet ellik fuqarolar koronavirusga qarshi emlandi. Bu haqda RIA Novosti xabar qilmoqda.
Qayd etilishicha, “Lujniki”dagi eng yirik emlash punktining to‘rt kunlik ishi davomida 24 ming xorijlik emlangan.
“Emlash markazi kuniga ikki baravar ko‘proq tashrif buyuruvchilarni qabul qilishga tayyor. Poytaxtda jami 68 ming chet elliklar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi”, - deyilgan xabarda.
7 iyul kuni asosan xorijliklarni emlash uchun “Lujniki” stadionida yangi kovidga qarshi emlash markazi ochilgan edi. Mehnat migrantlari tashkillashtirilgan holda “Saxarovo” migratsiya markazi, “Sadovod” savdo markazi hududida ham emlanishi mumkin. Bundan tashqari, xorijliklar uchun Moskvadagi 25 ta poliklinikada emlash ishlarini amalga oshirilmoqda.
Ular uchun bir komponentli “Sputnik Layt” vaksinadan foydalaniladi. Narxi 1300 rublni tashkil edi. Vaksina pulini ish beruvchi to‘laydi.