TOShKENT, 11-iyul — Sputnik. Gaiti bosh vaziri vazifasini vaqtinchalik bajaruvchi Klod Jozef mamlakat prezidenti Jovenel Moiz o‘ldirilishidan oldin qiynoqqa solinganini ma’lum qildi.
“Yollanmalar prezident uyiga kelishgan, uni qiynoqqa solib, o‘ldirishgan. Biz ulardan yigirmaga yaqinini ushladik. Hozir ular hibsda”, - dedi u ABC News telekanaliga bergan intervyusida.
Jozefning so‘zlariga ko‘ra, u hozir diqqatini prezident Moizga nisbatan adolatga erishishga qaratgan.
Gaiti prezidenti Jovenel Moiz 7-iyulga o‘tar kechasi o‘z qarorgohida otib ketildi. Mamlakat birinchi xonimi ham og‘ir yaralangan. Hozir u AQShning Florida shtatiga davolanishga jo‘natilgan.