O‘zbekistonga yana bitta "Afrosiyob" tezurar poyezdi olib kelinmoqda

Ikkita lokomotiv, 11ta vagon va yana 4ta alohida vagondan iborat yangi sostav ayni damda dengiz oriali Sankt-Peterburgga yetib kelgan.
Sputnik
TOShKENT, 10-iyul - Sputnik. Mustaqillikning 30-yilligi arafasida O‘zbekiston Temir yo‘llari Ispaniyadan yana bitta "Afrosiyob" tezurar poyezdi olib kelmoqda, deb xabar qilmoqda jamiyat.
"2021 yil 30-iyun kuni Ispaniyaning Bilbao portidan “AFROSIYOB” poyezdi, ya’ni 2 ta lokomotiv va 11 ta vagoni, shuningdek, alohida yana 4 ta vagon ortilgan kema Rossiyaning Sankt Peterburg portiga yetib keldi.
V Uzbekistan privezut noviy poyezd Talgo
Ayni kunda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari rossiyalik hamkasblari bilan hamkorlikda mazkur zamonaivy poyezdni relyesga qo‘yib mamlakatimizga olib kelishga hozirlashmoqda, - deyilgan xabarda.
V Uzbekistan privezut noviy poyezd Talgo
Ma’lumot uchun O‘zbekistonga "Talgo 250" rusumli birinchi tezurar poyezd 2011-yilda olib kelingan edi. Bugungi kunda Toshkent-Samarqand, Toshkent-Qarshi va Toshkent-Buxoro yo‘nalishlarida 4ta ana shunday tezurar poyezdlar xizmat ko‘rsatmoqda. To‘rtinchi sostav 2019-yilda olib kelingan edi.
2019 yilda O‘zbekiston tezurar poyezdlari bor mamlakatlar reytingida birinchi 20talikka kirgan edi.
V Uzbekistan privezut noviy poyezd Talgo