TOShKENT, 9-iyul - Sputnik. Toliblar ayollarning ishga va ta’lim olishga bo‘lgan huquqlari, agar u islomga zid kelmasa kafolatlanishini aytishmoqda.
Bu haqda RIA Novosti "Tolibon" harakati siyosiy ofisining rasmiy vakili Muhammad Naimga tayangan holda xabar bermoqda.
"Biz ayollar huquqlari bo‘yicha o‘z qarashlarimiz haqida ko‘plab marotaba bayonotlar bilan chiqqanmiz. Bilmayman nega, kim uchundir bu masala juda qiziq tuyulsa, kimlar uchundir - juda yopiq masala bo‘lib qolmoqda. Biz – musulmonlarmiz, va ayollarga muqaddas islom dini tomonidan berilgan huquqlar kafolatlanadi. Agar bu ta’lim olish yoki ishlash va yana boshqa bir masalaga doir bo‘lsa, bu bizning mas’uliyatimizdir. Agar bu islomga, bizning millatimiz yoki davlatimizga zid kelmasa, bu borada bizda muammo yo‘q. Biz bu haqda ko‘plab marotaba gapirganmiz", - degan Naim.