Rossiyada chet elliklar uchun vaqtinchalik yashash ruxsatnomasi bekor qilinishi mumkin

Rossiya Ichki ishlar vazirligi vaqtinchalik yashash ruxsatnomasini bekor qilish to‘g‘risida qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Sputnik
TOShKENT, 9-iyul – Sputnik. Rossiya IIV chet elliklarning mamlakatga kirish va qolish qoidalariga o‘zgartirishlar tayyorladi, xususan, mamlakatda vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomani (RVP) bekor qilishni taklif qildi. Qonun loyihasi normativ huquqiy aktlar loyihalari federal portalida e’lon qilingan.
Shunday qilib, idora mamlakatda bo‘lishning uchta migratsiya rejimini o‘rnatishni taklif qilmoqda: qisqa muddatli (yil davomida jami 90 kundan oshmaydigan), uzoq muddatli (doimiy yashash uchun ruxsat olmasdan yil davomida 90 kundan oshadigan) va doimiy yashash (muddatsiz).
Shu bilan birga qo‘lida ruxsatnoma bo‘lgan chet el fuqarolariga Rossiya chegarasidan chiqmay turib yashash maqsadini o‘zgartirish imkoniyati taqdim etilmoqda. Shuningdek, qonun loyihasida noinsof taklif etuvchi (jismoniy va yuridik) shaxslar reyestrini kiritish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, idora mehnat migratsiyasini ikkita axborot resursidan foydalangan holda tartibga solishni taklif qilmoqda: xorijiy ishchilar reyestri va ish beruvchilarning elektron reyestri.