TOShKENT, 9-iyul — Sputnik. Kechagi otishma vaqtida Tojikiston chegarachilari qirg‘iz askarini qo‘lga olib, o‘z hududiga olib ketishdi, deb xabar qildi Qirg‘iziston chegara xizmati.
Botken uchastkasi bo‘yicha Qirg‘iziston Respublikasining chegara vakili Kiyalbek Tolonboyev harbiy xizmatchini qaytarilishini talab qilmoqda.
Tomonlar tekshiruv o‘tkazmoqda.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha soat 17.00 atrofida qirg‘iz-tojik cherasi Chashmagildan dovoni hududida qirg‘iz va tojik chegarachilari o‘rtasida otishma yuz berdi.
Ilgariroq, ushbu otishmada Qirg‘iziston chegarachisi 27 yoshli Xusnidin Xojiyev halok bo‘lgani haqida xabar berildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tojik tomonidan ham halok bo‘lgan va yarador bo‘lganlar bor.