Rossiya OTMlariga xorijlik talabalarni emlash bilan shug‘ullanish tavsiya qilindi

Shuningdek, Rossiyada emlanish to‘g‘risidagi xorijiy ma’lumotnomalarni tan olish to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 8-iyul — Sputnik. Rossiya fan va oliy ta’lim vazirligi mamlakat oliygohlariga chet ellik talabalarni koronavirusga qarshi emlashni o‘z zimmalariga olishni tavsiya qildi. Bu haqda vazirning o‘rinbosari Potr Kucherenko ma’lum qildi.
“Biz oliygohlarga xorijlik talabalarni emlashni o‘z zimmalariga olishni tavsiya qilamiz. Shuningdek, emlanish to‘g‘risidagi xorijiy ma’lumotnomalarni tan olish to‘g‘risidagi masala muhokama qilinadi”, - dedi Kucherenko “Territoriya smislov” forumida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Karantin va vaksina: Rossiyada xorijlik talabalar o‘qishi qanday tashkil qilinadi
Shu bilan birga, avvalroq Rossiya fan va oliy ta’lim vaziri Valeriy Falkov hozircha emlanmagan talabalarni OTMdagi darslarga kiritmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilinmaganini aytgandi.