“Tolibon”* jangarilari Badg‘isdagi qamoqxonaga bostirib kirib, mahbuslarni ozod qildi

“Tolibon”* jangarilari Afg‘onistonning Badg‘is viloyatidagi qamoqxonaga bostirib kirib, mahbuslarni ozod qildi.
Sputnik
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. “Tolibon”* jangarilari Afg‘onistonning Badg‘is viloyatidagi qamoqxonaga bostirib kirib, mahbuslarni ozod qildi, deb xabar berdi RIA Novosti manbasi.
Afg‘onistonda hukumat kuchlari va qishloq tumanlarida kattagina hududlarni egallab olib, katta shaharlarga hujum boshlagan toliblar o‘rtasida kurash bormoqda.
Afg‘onistonda tolibon kuchaymoqda – AQShning bunga nima aloqasi bor?
“Tolibon” harakati Afg‘onistondagi hujumlarini davom ettirmoqda. May oyi boshidan beri ekstremistlar mamlakatdagi 370 ta tumanning 50 tasini egallab olishdi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, “Tolibon”* Tojikiston bilan chegaraning taxminan 70 foizini nazorat qiladi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.