Bir qator vazirlik va qo‘mitalar rahbariyatida o‘zgarishlar yuz berdi

Sputnik
TOShKENT, 7-iyul — Sputnik. Bir qator davlat organlarida boshqaruv tarkibida o‘zgarishlar yuz berdi. Telegram’dagi "Nigoh" kanali xabariga asosan.
Kamola Oqilova madaniyat vazirining o‘rinbosari – Madaniy meros departamenti boshlig‘i lavozimidan;
Akmal Mirzayev transport vazirining o‘ribosari lavozimidan;
Shamsiddin Alimov Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
Nuritdin Muratov va Nodir Muhitdinov Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari lavozimidan;
O‘zbekiston ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashish milliy strategiyasini tasdiqladi
Dilshod Xolmurodov Davlat statistika qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
Mahmudjon Ziyodullayev Davlat statistika qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan;
Olim Hakimov O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan;
Abdushukur Hamzayev o‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – O‘rmon xo‘jaligi ilmiy izlanish instituti direktori lavozimidan ozod etilgan.
O‘zbekiston hukumatida yangi tayinlov
Shuningdek, Baxtiyor Atamuradov "O‘zbekchorvanasl" agentligi direktori lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari – "O‘zbekchorvanasl" agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan.
Bundan tashqari, Fazliddin Umarov Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimiga tayinlangan va shu munosabat bilan DSQ raisining birinchi o‘rinbosari – DSQ huzuridagi Kadastr agentligi direktori lavozimidan ozod etilgan.
Bahodir Yusupaliyev esa Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i lavozimiga tayinlangani munosabati bilan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.