Toshkent aeroportida 35 bosh noyob jonzotni olib chiqishga uringan fuqaro qo‘lga tushdi

Toshkent aeroportida noyob sudralib yuruvchi jonzotlarni olib chiqishga uringan shaxs to‘xtatib qolindi.
Sputnik
TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari yo‘q bo‘lib ketayotgan kamob turlar sirasiga kiruvchi sudralib yuruvchi hayvonlarni havo yo‘llari orqali yashirincha olib chiqilishiga chek qo‘yishdi.
“Toshkent-Moskva” reysi bo‘yicha parvozga shaylangan fuqarolardan biri bojxonadan yashil yo‘lak orqali harakatlanar ekan, uning bezovtalanishi bojxonachilarning diqqatini tortdi. Unga tegishli bagajlar ko‘zdan kechirilganida esa, shubhalar o‘z tasdig‘ini topdi.
Grajdanina, pitavshegosya vivezti 35 redkix jivotnix, ostanovili v aeroportu Tashkenta
Fuqaro bojxona xodimlarining og‘zaki so‘rovida va yo‘lovchi deklaratsiyasida ma’lum qilmasdan turib, taqir to‘garakbosh, gekkoncha, kaltekasak kabi 35 bosh noyob jonzotlarni tirik holatda tamaki qutilari ichiga joylagancha olib chiqayotgan vaqtida to‘xtatib qolindi.
Bundan tashqari shu kabi jonzotlarning 14 tasi spirtda qotirilgan holatda, shuningdek 16 dona kaltakesak dumi, 1 dona ondatra dumi va 2 bosh o‘lik holatdagi chipor ilon ham olib chiqib ketilayotgani ma’lum bo‘ldi.
Sudralib yuruvchi hayvonlar asosan Farg‘ona vodiysida tabiatdan ajratib olingan, lekin yo‘lovchi ularni O‘zbekistondan olib chiqib ketish huquqini beruvchi hujjatlarni bojxona xodimlariga taqdim qila olmadi.
Hozirda jonzotlar Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga topshirildi. Bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.