TOShKENT, 6-iyul — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Shanxay hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Vladimir Norov bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va ShHT o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari hamda Tashkilot faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
ShHTga a’zo mamlakatlar Davlat rahbarlari kengashi va Tashqi ishlar vazirlari kengashining bo‘lajak yig‘ilishlari kun tartibi va tashkiliy jihatlari yuzasidan fikr almashildi.
2021-yil 15-16-iyul kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzuyidagi yuqori darajali xalqaro konferensiyasida ShHT delegatsiyasining ishtirokiga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, ayrim xalqaro va mintaqaviy masalalar ham ko‘rib chiqildi.