Koronavirus: 4 kishi vafot etdi, kunlik holatlar 475

O‘zbekistonda sutka davomida 475 kishida koronavirus aniqlandi, respublika bo‘ylab koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 113 072 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 5-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Sutka davomida 475 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 113 072 nafarni tashkil qilmoqda.
O‘zbekiston vaksinalarni qanday narxda sotib olmoqda
Yangi holatlar: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (19), Andijon viloyatida (26), Buxoro viloyatida (27), Jizzax viloyatida (54), Qashqadaryo viloyatida (17), Navoiy viloyatida (6), Namangan viloyatida (28), Samarqand viloyatida (44), Sirdaryo viloyatida (26), Surxondaryo viloyatida (29), Farg‘ona viloyatida (25), Xorazm viloyatida (15), Toshkent viloyatida (51), Toshkent shahrida (108) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 109 068 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foiz.
Ozodbek Nazarbekov jonli efirda uzatilayotgan ko‘rsatuvda emlandi

O‘lim holatlari

4 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 751 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 183,7 milliondan oshdi, 3,9 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (33,7 mln), Hindistonda (30,5 mln), Braziliyada (18,7 mln).