O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari chegaraga oid bayonnoma imzoladi

Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston delegatsiyalari chegara masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda Qirg‘iziston vazirlar mahkamasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv Farg‘ona viloyatida bo‘lib o‘tdi. Tomonlar muzokaralar davomida uch mamlakat davlat chegaralarining tutashuv nuqtalari joylashishi bo‘yicha takliflar bilan almashdi.
Sadir Japarov O‘zbekiston bilan chegaraga oid muzokaralar yuzasidan izoh berdi
Boshqa tafsilotlar ochiqlanmagan.
Tadbir yakuniga ko‘ra tegishli bayonnoma imzolandi. Hukumat delegatsiyalarining navbatdagi uchrashuvi Qirg‘izistonda bo‘lib o‘tadi.