Jaziramadan saqlanish uchun tavsiyalar

Shu kunlarda dunyoning qator davlatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham havo harorati 40 darajadan yuqori bo‘lmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 4-iyul — Sputnik. Yozning jazirama ob-havo kunlarida oftob urmasligi uchun nima qilish kerak? Qanday kiyinish va ovqatlanish lozim? Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari — Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig‘i Bahodir Yusupaliyev bu borada qator tavsiyalarni berdi.

Ehtiyot choralari:

birinchi navbatda boshni quyosh nuridan asrash va oftob urishining oldini olish;
kunlik ovqatlanish ratsionini yengil hazm bo‘ladigan taomlar hamda meva va sabzavotlar bilan boyitish;
ko‘proq suyuqlik iste’mol qilish;
qahva, shirin gazlangan suvlarni iste’mol qilmaslik;
havoni yaxshi o‘tkazib, quyosh nurini qaytaradigan (och rangli) va keng tikilgan kiyimlarni kiyish.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi qo‘shimcha ravishda ko‘proq dush qabul qilishni tavsiya qilgan. Suv xona xaroratiday bo‘lishi kerak. Muzdek suv bilan yuvinish esa tana harorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib kelishi eslatilgan.
Ochiq suv havzalarda cho‘milish mumkin, ammo cho‘milish taqiqlangan havzalarda cho‘milish qat’iyan man etiladi.

Oftob ursa nima qilish kerak?

Fuqarolar anomal issiq iqlim kunlarida zarurat sezganda, 103 xizmatiga murojaat qilib, tunu kun sifatli tibbiy yordam olishlari mumkin.
Oftob urishi oqibatida tana haroratini ko‘tarilishi, terining qizarishi, holdan toyish, nafas olish va puls tezlashishi, yurakni tez urishi, bosh og‘rishi, bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi, qayt qilish, hushdan ketish holatlari kuzatilishi mumkin.
Poytaxt hokimligi aholidan zarurat bo‘lmaganda ko‘chaga chiqmaslikni so‘ramoqda
Oftob urgan odamni darhol soya joyga yotqizib, ust-boshlarni yechib, muzdek suvga choyshabni ho‘llab butun tanasiga o‘raladi. Sochiqni muzdek suvga ho‘llab boshiga qo‘yiladi. Bo‘yin va qo‘ltiq sohasiga muz xaltachalari qo‘yilsa foydadan xoli bo‘lmaydi.
Bemorga oz-ozdan suyuqlik ichiriladi va zudlik bilan tez yordam chaqiriladi. Tez yordam yetib kelgunga qadar yuqoridagi muolajalar davom ettiriladi.