Ozodbek Nazarbekov jonli efirda uzatilayotgan ko‘rsatuvda emlandi

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Xalqaro press-klubning navbatdagi jonli sessiyasi bo‘lib o‘tmoqda.
Unda Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov jonli efirda koronavirusga qarshi emlandi.
Press-klub davomida san’atkorlar va jurnalistlar ham emlanishi kutilmoqda.
Bir kun oldin Toshkentdagi oilaviy poliklinikalardan birida Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ZF-UZ-VAC2001 o‘zbek-xitoy vaksinasining birinchi komponentini oldi.
Nazarboyev "Sputnik V" bilan emlandi
Undan oldin xuddi shu preparat bilan O‘zbekiston prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov emlandi.
Oyning boshida Maktabgacha ta’lim vaziri Agrippina Shin Rossiyaning "Sputnik V" vaksinasi bilan emlandi.