O‘zbekistonda koronavirus: 3 kishi vafot etdi, yana 482 kishida infeksiya aniqlandi

Sutka davomida 482 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 112 130 nafarni tashkil qilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 3-iyul — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston respublikadagi epidemiologik vaziyat to‘g‘risida asosiy xabarlarni to‘pladi.
Bir sutka davomida 482 kishida koronavirus aniqlandi, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 112 130 nafarni tashkil qilmoqda.
Karantin va vaksina: Rossiyada xorijlik talabalar o‘qishi qanday tashkil qilinadi
Yangi kasallanish holatlari: Qoraqalpog‘iston Respublikasida (33), Andijon viloyatida (38), Buxoro viloyatida (45), Jizzax viloyatida (29), Qashqadaryo viloyatida (13), Navoiy viloyatida (8), Namangan viloyatida (25), Samarqand viloyatida (32), Sirdaryo viloyatida (23), Surxondaryo viloyatida (29), Farg‘ona viloyatida (34), Xorazm viloyatida (9), Toshkent viloyatida (47), Toshkent shahrida (117) koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Sog‘ayish ko‘rsatkichi

Respublika bo‘ylab jami sog‘ayganlar soni 108 404 nafarga yetdi. Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizga yetdi.
O‘zbekistonda sutka davomida qariyb 500 kishida koronavirus aniqlandi

O‘lim holatlari

Koronavirusga chalingan 3 nafar bemor vafot etdi, O‘zbekistonda jami 745 kishi pandemiya qurboni bo‘ldi.

Dunyo salomatligi

Dunyo bo‘ylab infeksiyani yuqtirib olgan kishilarning soni 183,0 milliondan oshdi, 3,9 milliondan ortiq kishi vafot etdi. Eng ko‘p holatlar AQShda (33,7 mln), Hindistonda (30,5 mln), Braziliyada (18,6 mln).