TOShKENT, 2-iyul - Sputnik. Kecha O‘zbekistonda qariyb 500 nafar kishida kasallik qayd etilib, 2 nafar bemor vafot etdi
2021 yil 1-iyul holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 111648 nafarni tashkil etmoqda.
Yangi kasallanish holatlari respublikaning barcha hududlarida, jumladan, eng ko‘pi, 99 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
Sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Shuningdek, 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etib, kasallikdan vafot etganlar soni 742 nafarni tashkil qildi.