TOShKENT, 2-iyul — Sputnik. AQSh va NATO qo‘shinlari 4-iyulga qadar Afg‘onistondan olib chiqiladi. Bu haqda Telegraph Buyuk Britaniya bosh shtabi rahbari Nik Karterga yaqin manbaga asoslanib xabar berdi.
"Biz barchamiz 4-iyulda tark etamiz. Britaniyaning asosiy missiyasi ham 4-iyulga qadar yakunlanadi", - dedi manba.
Oq uy rahbari Jo Bayden Afg‘onistondan 11-sentabrga qadar harbiylarni olib chiqib ketish rejalari haqida e’lon qilgandi. Biroq, rejalarni o‘zgartirishga to‘g‘ri keldi. Sabablardan biri – “Tolibon” radikal harakatining (Rossiyada taqiqlangan tashkilot) bosimi bo‘lishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq AQSh Tojikiston, Qozog‘iston va O‘zbekistondan amerikaliklarga yordam bergan 9 mingga yaqin afg‘onlarni vaqtincha joylashtirishni so‘ragani haqida Bloomberg nashri xabar bergandi.