Putin Rossiyaga kirib kelayotgan migrantlar uchun yangi qoidalarni joriy etdi

Rossiya Federatsiyasi rahbari chet el fuqarolari uchun RFga kirib kelish qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlarni ma’qulladi
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin chet el fuqarolari uchun mamlakatga kirib kelish qoidalarini o‘zgartiruvchi qonunga imzo chekdi.
Qonunga muvofiq, Rossiyaga kirib keladigan chet elliklar majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Shuningdek, migrantlar va sayyohlar daktiloskopik ro‘yxatdan o‘tishlari va suratga tushishlari ham majburiy etib belgilangan.
Putin 15-iyulgacha mehnat migrantlarini emlashni tashkil etish bo‘yicha topshiriq berdi
Ushbu qoidalar RF hududiga vizasiz tartib orqali kirib kelib, mamlakatda uzoq vaqt qoladigan, jumladan mehnat faoliyatini amalga oshiradigan chet elliklar uchun joriy etilmoqda.
Ta’kidlash kerakki, sal avval Rossiyaga kirib keladigan chet elliklar faqatgina mehnat patentini rasmiylashtirishda daktiloskopiya va medkomissiyadan o‘tar edilar. Boshqa maqsadlar bilan kirib keluvchi mehmonlar buni amalga oshirishga majbur emas edi.
Chet elliklar Rossiyaga kirib kelgach 30 kun davomida daktiloskopiya topshirib, medkomissiyadan o‘tishlari kerak bo‘ladi, agar ular 3 oydan ortiq muddatga kelgan bo‘lsalar, bu ishni 90 kun ichida amalga oshirishlari mumkin.
Qonunchilikdagi o‘zgarishlar 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar va Belarus fuqarolariga joriy etilmaydi.