Jizzaxda tadbirkorga tegishli yerni 45 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi

Firibgarlar tadbirkorning xabardorligisiz unga ajratilgan 3 gektar yerni boshqa bir fuqaroga sotmoqchi bo‘lishgan.
Sputnik
TOShKENT, 1-iyul — Sputnik. Jizzax viloyatida tadbirkorga tegishli 3 gektar yerni sotmoqchi bo‘lgan firibgarlar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti matbuot xizmati xabar qildi.
Aniqlanishicha, fuqaro L.A. va F.I.lar tadbirkorga qurilish materiallari ishlab chiqarish uchun ajratilgan yer maydonidan boshqa bir fuqaroga har bir gektarini 15 ming dollaridan hisoblab sotishmoqchi bo‘lishgan. Ular oldindan 10 ming dollarni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida qo‘lga olingan.
Hokimliklar ikki yil ichida 120 ming gektar yerni maqsadsiz bergan yoki talon-toroj qilgan
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.