Janubiy Koreyada noqonuniy ishlayotgan o‘zbekistonliklar ushlandi

Koreya Respublikasida noqonuniy ishlayotgan migrantlar ushlandi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Koreya Respublikasining qator mahalliy administratsiyalari o‘rtasida tuzilgan kelishuvlarga asosan respublika fuqarolari 5 oylik mavsumiy ishlarda E-8 vizasi bilan vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish uchun ushbu davlatga yuborilmoqda.
Toshkentda Janubiy Koreya fuqarosi o‘z vatandoshini pichoqlab o‘ldirdi
Mazkur fuqarolar Koreya Respublikasiga borgandan keyin belgilangan tartibga ko‘ra, ma’lum muddat karantin hududida saqlanmoqda. Karantinda saqlanayotgan fuqarolar bilan ushbu davlatga E-9 vizasi bilan 2014-yilda kelib, ayni paytda noqonuniy mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan mehnat migrantlari ogohlantirishsiz uchrashmoqchi bo‘lganda Koreya Respublikasi ichki ishlar xodimlari tomonidan ushlandi.
V Yujnoy Koree zaderjali nelegalno rabotayushix grajdan Uzbekistana
Ulardan karantin hududiga kirish sababi so‘ralganda, asl maqsadini, ya’ni E-8 vizasi bilan kelgan fuqarolarni noqonuniy olib ketmoqchi bo‘lganini yashirib, u yerdagi fuqaroga telefon apparatini bermoqchi ekanini aytgan.
Hozirgi vaqtda fuqarolarni mamlakat hududidan chiqarib yuborish bo‘yicha hujjatlar tayyorlanmoqda.