Germaniya va Italiya harbiylari Afg‘onistonni tark etishdi

NATO alyansining ikki davlati Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqish jarayonini yakunlaganligini e’lon qildi.
Sputnik
TOShKENT, 30-iyun — Sputnik. Germaniya Mudofaa vaziri Annegret Kramp-Karrenbauer o‘z bayonotida oxirgi nemis harbiylari deyarli 20-yillik harbiy xizmatdan so‘ng 29-iyun seshanba kuni Afg‘onistonni tark etganini aytdi.
Italiya ham Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib ketganligini ma’lum qildi. Italiya mudofaa vaziri Lorenso Gerini qo‘shinlarni olib chiqish jarayoni haqida gapirdi.
AQSh harbiylarning bir qismini Afg‘onistonda qoldiradi
Germaniya Afg‘onistonda 1100 nafarga yaqin harbiysi bor edi, ularning aksariyati Balx viloyati markazi Mozori Sharifda joylashgan edi.
So‘nggi yillarda Afg‘onistonda Italiya 50 ming askari harbiy xizmat o‘tagan. Ular Afg‘onistonning Hirot viloyatida joylashgan.
Afg‘onistonda Germaniya 59 kishini, Italiya esa 53 kishini yo‘qotgan.