TOShKENT, 29-iyun – Sputnik. Bugun O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni qirolligi tashqi ishlar vazirlari orasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning 4-raundi, videokonferensiya shaklida bo‘lib o‘tdi.
Onlayn uchrashuvda Toshkentda 15-16 iyul kunlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” nomli xalqaro anjumanda Saudiya Arbistonining yuqori darajada ishtirok etishining tashkiliy masalalari muhokama qilindi.
Undan tashqari tomonlar ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy, madaniy-gumanetar munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi.
Anjumanda O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Furqat Sidiqov va Saudiya Arabistoni tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Iyd as-Sakafi ishtirok etishdi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston tashabbusi bilan tashkil qilinayotgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: hududiy bog‘liqlik. Chaqiriq va imkoniyatlar” nomli xalqaro anjumanning asosiy maqsadi – Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatish masalasidir. Unga Markaziy Osiyo davlatlari, Afg‘onistondagi turli kuchlar vakillari, Pokiston, Eron, AQSh va boshqa davlat vakillari taklif qilingan.