O‘zbekiston jahonning yangi "zaytun giganti"ga aylanishi mumkin

O‘zbekiston zaytun va zaytun moyining yirik ishlab chiqaruvchisiga aylanishi mumkin.
Sputnik
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. O‘zbekiston zaytun va zaytun moyining yirik ishlab chiqaruvchisiga aylanishi mumkin.
Kuni kecha Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Ekologik partiya fraksiyasi yig‘ilishi paytida "O‘zbekiston Respublikasini zaytun moyi va zaytun mevasi to‘g‘risidagi xalqaro bitimga (Jeneva, 2015-yil 9-oktabr) qo‘shilish to‘g‘risida" gi qonun loyihasi ko‘rib chiqildi.
Surxondaryoda zaytun plantatsiyalari barpo etiladi
Bugungi kunda zaytun va zaytun moyi jahon bozorida juda talabgir mahsulot hisoblanadi. Ayniqsa, tibbiyot sohasida.

"1 gektar zaytun plantatsiyasidan 15-17 ming dollar, uni qayta ishlash orqali 45-50 ming dollar daromad olish mumkin", - deb ta’kidlandi yig‘ilishda.

Buni qanday amalga oshirish mumkin? Hukumat bir nechta tadbirlarni ishlab chiqdi. Birinchidan, O‘zbekistonda yangi zaytun plantatsiyalari yaratiladi. Shu bilan birga, respublika ushbu sanoat yaxshi rivojlangan rivojlangan davlatlar bilan faol hamkorlik qiladi.
Ikkinchidan, qayta ishlash korxonalari ishga tushiriladi va eksport hajmi ortadi.
Shuningdek, agrotexnik usullarni tanlash va qo‘llash sohasida o‘zaro hamkorlik o‘rnatiladi.
Avvalroq, prezident Shavkat Mirziyoyev Surxondaryo viloyatining 8 ta tumanida zaytun plantatsiyalarini yaratish rejalari haqida to‘xtalgandi.