Koronavirusga qarshi har 6 oyda emlanish lozim - infeksionist

Rospotrebnadzor birinchi emlashdan so‘ng takroriy vaksina uchun eng maqbul muddat qachon bo‘lishi lozimligi haqida batafsil to‘xtaldi
Sputnik
TOShKENT, 29-iyun — Sputnik. Koronavirusga qarshi vaksinani har olti oyda olish lozim. Bu haqda bugun "Rossiya segodnya" XAAda bo‘lib o‘tgan matbuot-anjumani vaqtida Rospotrebnadzor markaziy MTI epidemiologiya direktorining ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Aleksandr Gorelov aytib o‘tdi.
Shifokorning ta’kidlashicha, tibbiy tadbirni tanadagi antitanachalar darajasidan qat’iy nazar o‘tkazish lozim.
Mutaxassis emlangandan keyin ham koronavirus yuqtirib olish kuzatilishi yuzasidan izoh berdi
"Pandemiya davrida har yarim yilda tanamizda mavjud antitanachalar darajasidan qat’iy nazar biz vaksina olmog‘imiz lozim", - degan Gorelov.
Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda Toshkentda koronavirus infeksiyasining tarqalish xavfi oshib bormoqda. Bu bilan birga aholini ommaviy emlash jarayonlari ham bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
27 iyundan boshlab Toshkent shahridagi barcha gavjum joylarda (Bozorlar, savdo rastalari, ko‘ngil ochar joylar, “Korzinka” supermarketlarida) 18 yoshdan katta aholini koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlash ishlari boshlangan edi.