Jizzaxdagi gaz quyish shoxobchasida ikki avtomobil yonib ketdi

Shoxobchadagi “Matiz” va “Nexia” avtomobillari yonib ketgan. Bunga texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani sabab bo‘lgan.
Sputnik
TOShKENT, 28-iyun — Sputnik. Jizzax shahridagi gaz quyish shoxobchasida ikki avtomobil yonib ketdi.
FVV ma’lumotiga ko‘ra, hodisa 28-iyun kuni Sangzor mahallasida joylashgan avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida ro‘y bergan.
Toshkent markazida ikkita mashina yonib ketdi
Qayd etilishicha, shoxobchadagi “Matiz” hamda “Nexia” rusumli avtomashinalarga gaz to‘ldirish jarayonida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinmagani bois yong‘in kelib chiqqan.
Mazkur hodisa yuzasidan Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi yong‘in-qutqaruv guruhi zudlik bilan voqea joyiga yetib kelgan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in o‘z vaqtida o‘rab olinib, qisqa fursat ichida bartaraf etilgan.
Ushbu holatda jabrlangan va halok bo‘lganlar aniqlanmagan.