Xorazmda quduqqa tushgan suv ta’minoti idorasining ikki ishchisi halok bo‘ldi

Birlamchi taxminlarga ko‘ra, har ikkala ishchi toksik gaz (serovodorod)dan zaharlangan va voqea joyida vafot etgan
Sputnik
TOShKENT, 27-iyun — Sputnik. Xorazm viloyatining Urganch tumanida suv ta’minoti idorasining ikki xodimi ish vaqtida halok bo‘ldi. Bu haqda "Xorazm suv ta’minoti" MChJ matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa 26-iyun kuni soat 20:00 larda tumandagi "Oltin ko‘l" MFY hududida joylashgan 1-sonli oqova suv haydash stansiyasida sodir bo‘lgan. 2 nafar ishchi nasosni tozalash maqsadida quduqqa tushgan.
Farg‘onada quduqda boshiga tuproq to‘la temir chelak tushib ketgan fuqaro o‘ldi
Ta’kidlanishicha, ular texnik xavfsizlik va shaxsiy himoya qoidalariga rioya qilmagan. Birlamchi taxminlarga ko‘ra, har ikkala ishchi toksik gaz (serovodorod)dan zaharlangan va voqea joyida vafot etgan.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.