TOShKENT, 25-iyun – Sputnik. O‘zbekiston Mudofaa vazirligi qo‘shinlarni jangovar shaylikka keltirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar boshlandi.
Xususan, Toshkent va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okruglari, Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari harbiy qism va bo‘linmalarida qo‘qqisdan tekshiruvlar bo‘lib o‘tmoqda. Bunda shaxsiy tarkib va jangovar texnikalarning shayligi tekshiruvdan o‘tadi.
Shuningdek, “Angren” va “Termiz” umumqo‘shin dala maydonlari hududida Toshkent va Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug qo‘shinlari o‘rtasida o‘zaro tajriba almashish va harakatlarni muvofiqlashtirish maqsadida batalon taktik o‘quvlari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Taktik o‘quvlar davomida "Trevoga" signali berilganda shaxsiy tarkibning harakatlari, belgilangan yo‘nalish bo‘yicha himoyani kuchaytirishi, qo‘yilgan jangovar o‘quv vazifalarini sifatli bajarish borasidagi ko‘nikmalari sinovdan o‘tkaziladi.
Vnezapnaya proverka boyegotovnosti voorujennix sil Uzbekistana na poligone Forish
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana
Undan tashqari, shartli dushmanning joylashgan hududi aniqlanib, u yerga aviatsiya, artilleriya bo‘linmalari va minomotchilar batareyasi tomonidan zarbalar beriladi.
Vnezapnaya proverka boyegotovnosti voorujennix sil Uzbekistana na poligone Forish
© Ministerstvo oboroni Uzbekistana