TOShKENT, 25-iyun — Sputnik. "Air India" aviakompaniyasi O‘zbekistonga muntazam qatnovlarni bajarish uchun ruxsatnoma oldi.
O‘zbekiston Respublikasi va Hindiston Respublikasi Hukumatlari o‘rtasidagi havo qatnovi to‘g‘risidagi Bitim asosida "O‘zaviatsiya" agentligi tomonidan Hindiston Respublikasining "Air India" aviakompaniyasiga 2021-yil 25-iyunda 11-K sonli Ekspluatatsion ruxsatnoma berildi.
Ushbu ruxsatnomaga muvofiq "Air India" aviakompaniyasi O‘zbekiston Respublikasiga Dehli – Toshkent – Dehli yo‘nalishida muntazam parvozlarni amalga oshiradi.
Aviakompaniya parvozlarni Airbus 320-214 va Airbus 320-251N havo kemalarida bajaradi.