Turkiy davlatlarning yagona turizm kalendarini tuzish taklif etildi

Aziz Abduhakimov turkiy tilli davlatlar orasida transport va logistika aloqalarini rivojlantirishni, doimiy va charter parvozlar sonini oshirishni taklif qildi.
Sputnik
TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. O‘zbekiston turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov bugun qo‘qonda bo‘lib o‘tayotgan Turkiy tilli davlatlar turizm vazirlarining 6-yig‘ilishida turkiy davlatlarning yagona madaniy va turizm tadbirlari taqvimi tuzishni taklif etdi.

“To‘rtinchidan, turkiy davlatlarning yagona madaniy va turizm tadbirlari taqvimini yaratish taklifini bildirmoqchiman.

Unga ko‘ra, xalq o‘yinlari – etno sport (uloq-ko‘pkari, dorbozlik, kurash, kamondan o‘q uzish, tosh ko‘tarish kabi) va baxshilar musobaqasini o‘tkazib borish tarixiy an’analarimizning yo‘qolib ketishini oldini oladi”, - dedi vazir.

Shuningdek, Abduhakimov turkiy tilli davlatlar turizm obxyektlarini o‘zaro targ‘ib qilish g‘oyasini ilgari surdi va bu borada O‘zbekiston “Turizm 365”, “ UzReport” va “Tarix”, “Al-Buxoriy” xalqaro yo‘ldosh telekanalida turkiy davlatlar tomonidan taqdim etiladigan dasturlarni joylashtirishga tayyor ekaninni bildirdi.
Undan tashqari, O‘zbekiston turizm va sport vaziri Turkiy Kengash huzurida a’zo davlatlar mablag‘lari asosida Madaniy me’ros obyektlarini asrash jamg‘armasini tashkil qilish g‘oyasini bildirdi.
Qo‘qon - Turkiy dunyo turistik poytaxti maqomini olishi mumkin - tafsilotlar
Shu bilan birga Aziz Abduhakimov turkliy tilli davlatlar orasida transport va logistika aloqalarini rivojlantirishni, doimiy va charter parvozlar sonini oshirishni, turistik poyezd va avtobuslar harakatini yo‘lga qo‘yishni taklif qildi.
Ma’lumot uchun bugun Qo‘qonda “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Turizm vazirlarining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon va Vengriya turizm vazirlari ishtirok etmoqda.