TOShKENT, 24-iyun – Sputnik. Bugun Qo‘qonda bo‘lib o‘tayotgan turkiy tilli davlatlarning turizm vazirlari kengashida Qozog‘iston va Qirg‘iziston turizm sohasi vazirlari birgalikda turistik yo‘nalishlarni rivojlantirish va turizmni targ‘ib etishni taklif qilishdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan.
Xususan Qozog‘iston madaniyat va sport vaziri A. Raimqulova “Buyuk Ipak yo‘li” yo‘nalishi bo‘yicha birgalikda turistik mahsulotlar ishlab chiqish, hamkorlikning asosiy yo‘nalishi bo‘lishi mumkinligini alohida aytib o‘tdi.
1.
Xususan, O‘zbekiston bilan birgalikda ishlab chiqilgan, “Olma – Ota – Taraz – Chimkent – Turkiston – Toshken – Samarqand – Buxoro – Xiva” turistik yo‘nalishi misol qilib ko‘rsatildi.2.
Undan tashqari, ikki davlat turoperatorlarini birgalikda ishlash uchun faol jalb qilish;3.
Shuningdek, turkiy tilli davlatlar orasida “Yashil koridorni” kengaytirish va vizasiz davlatlar sonini oshirish;4.
YuNESKO va YeIning qo‘shma loyihasi “Afg‘oniston, Markaziy Osiyo va Eronda Ipak Yo‘li me’rosi” loyihasida faol ishtirok etishga taklif qildi.Qirg‘iziston iqtisodiyot va moliya vaziri o‘rinbosari S.M. Risaliyev shz navbatida quyidagilarni taklif etdi:
Turk dunyosining turistik xaritasini tuzish va unda turkiy tilli davlatlarning badavlat madaniy me’rosini aks ettirish;
Qirg‘iz brendi – “Umumjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari” potensialidan turkiy tilli davlatlarda turizmni rivojlantirish uchun foydalanish. 2022-yilda Turkiyada bo‘lb o‘tadigan 4-Ko‘chmanchilar o‘yinlari turizm sohasida hamkorlikni yanada rivojlantiradi;
O‘zbekistonning, ziyorat turizmi tashabbusini qo‘llab-quvvatlash, birgalikda qo‘shma dasturlar ishlab chiqish;
Buyuk Ipak yo‘li bo‘ylab turizmni rivojlantirish. Qirg‘iziston hududida O‘sh, Uzgen, Jalol-Obod, To‘qmoq, Bishkek, Talas va boshqa tarixiy shaharlar ushbu yo‘l bo‘yida bo‘lgan;
Turkiy tilli davlatlar hududida yangi temir yo‘llar qurish, jumladan "O‘zbekiston – Qirg‘iziston – Xitoy" temir yo‘lini;
Turkiy tilli davlatlar orasida turli transport aloqalarini rivojlantirish, yo‘l bo‘yi infratuzilma obyektlarini qurish;
Ma’lumot uchun, Qo‘qonda 23-24 iyun kunlari “Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi Turizm vazirlarining VI yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon va Vengriya turizm sohasi vazirlari ishtirok etmoqda.