TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. “Uzbekistan Airways” AJ joriy yilning iyul oyidan boshlab Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishidagi parvozlarni ko‘paytiradi. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Aviaqatnovlar haftasiga uch marta, dushanba, chorshanba va juma kunlari bajariladi.
Yo‘lovchilar Samarqand – Istanbul yo‘nalishida aviachiptalarni 2 mln 935 ming so‘mdan, Samarqand – Istanbul – Samarqand yo‘nalishida esa aviachiptalarni 4 mln 282 ming so‘mdan boshlab sotib olishlari mumkin.
Eslatib o‘tamiz, “Uzbekistan Airways” AJ 4-iyuldan boshlab Urganch–Istanbul yo‘nalishidagi muntazam aviaqatnovlarni tiklashi xabar qilingan edi.