Rossiyada hayvonlar uchun koronavirusga qarshi antitanachalarni aniqlash testi yaratildi

Rossiyada hayvonlarda koronavirusga qarshi antitanachalarni aniqlash testi yaratildi.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. “Hayvonlarning sog‘lig‘ini saqlash federal markazi”ning mutaxassislari (“VNIIZJ” FGBU, Rosselxoznadzorga bo‘ysunuvchi muassasa) hayvonlarning qon zardobida SARS-CoV-2 virusiga qarshi antitanachilarni aniqlash uchun test-tizimini ishlab chiqishdi.
Antitanachalarni aniqlash tizimi keng qo‘llaniladigan ferment bilan bog‘langan immunoferment (IFA) texnologiyasiga asoslangan.
Hayvonlar uchun COVID-vaksina O‘zbekistonda sinovdan o‘tkazilishi mumkin
Qon zardobini tekshirish jarayonida hayvon organizmida SARS-CoV-2 virusi uchun ishlab chiqarilgan o‘ziga xos antitanachalarni aniqlay oladi. Tahlil qilinayotgan qon namunasida antinachalar mavjud bo‘lsa, ular rangli kaskad reaksiyasini keltirib chiqaradi.
Rangning o‘zgarishini yuqori sezgir qurilmalar - tadqiqot jarayonini avtomatlashtirishga imkon beradigan IFA-riderlari bilan qayd etiladi. Test tizimi uy (mushuk, it), qishloq xo‘jalik hayvonlari (cho‘chqa), mo‘ynali hayvonlar (qorako‘zan, tulki) biologik materiallarini o‘rganishda sinovdan o‘tkazildi.
Rossiyada hayvonlar uchun koronavirusga qarshi birinchi vaksina ro‘yxatdan o‘tkazildi
Ta’kidlanishicha, test tizimi bu turdagi jonivorlar qon zardobini tahlil qilish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, ishlab chiquvchilar uni universal deb aytishmoqda, bu infekuiyadan keyin ham, emlashdan keyin ham antitanachalarni aniqlashga imkon beradi.
Test tizimining ishlashini aniqlash maqsadida emlanmagan hayvonlarni, shuningdek, “Karnivak-Kov” bilan emlangan jonivorlarni testdan o‘tkazildi.
"Metod yuqori o‘ziga xoslik va sezgirlikni ko‘rsatdi: emlanmagan hayvonlarda test salbiy natija ko‘rsatdi, barcha emlangan hayvonlarda SARS-CoV-2 virusiga o‘ziga xos antitanachalar borligini aniqlandi", - deb qo‘shimcha qiladi Rosselxoznadzor.
Tez orada jismoniy va yuridik shaxslar test tizimini sotib olishi mumkin.