TOShKENT, 23-iyun – Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning xalqaro xavfsizlik bo‘yicha IX Moskva anjumani ishtirokchilariga murojaati.
"Xalqaro xavfsizlik bo‘yicha IX Moskva anjumaniga xush kelibsiz.
Sizning nufuzli tartibdagi uchrashuvingiz bugungi kunning harbiy-siyosiy masalalariga bag‘ishlangan. Yer sharida tinchlik - ularni qanchalik muvaffaqiyatli hal qilishga bog‘liq.
Alohida pozitiv signallarga qaramasdan, afsuski, geosiyosiy hodisalar turbulentligi oshib bormoqda. Xalqaro huquq yemirilishi ham davom etmoqda. Alohida davlatlar o‘z manfaatlariga yetish uchun kuch ishlatishdan ham toymayapti.
Shuningdek, hududiy qurolli mojarolar, ommaviy qirg‘in qurollarining tarqalishi, uyushgan jinoyatchilik va narkobuiznes, kiberjinoyatchilik va xalqaro terrorchilik ham jiddiy xavotir uyg‘otmoqda.
Ushbu muammolarni hal qilish uchun barcha davlatlar birgalikda harakat qilishi kerak bo‘ladi. Ushbu kollektiv faoliyat, albatta, xalqaro huquq, BMT nizomi va maqsadlari asosida olib borilishi kerak.
BMT tashkil qilingan kunidan boshlab xalqaro munosabatlarning asosi bo‘lib qolmoqda. Ushbu nufuzli va barcha tomonidan tan olingan tashkilotning asosiy vazifasi – global mojaro, yangi jahon urushi sodir bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslikdir.
Har qanday “yangi qoidalar” aynana BMT qaramog‘i ostida yaratilishi kerak. Aks holda – dunyo tartibsizlik va xaos tomon yo‘l oladi.
Kechagina biz natsist Germaniyasining bizning davlatga hujum boshlagan qayg‘uli sananing 80-yilligini nishonladik. Biz uchun Ulug‘ Vatan urushi darslari alohida qiymatga ega. Biz kelajakda ham Rossiya xalqi xavfsizligini kafolatlash uchun qo‘limizdan kelgan barcha ishni amalga oshiramiz, Qurolli Kuchlarimizni takomillashtiramiz va albatta diplomatiya imkoniyatlaridan foydalanamiz. Biz barcha manfaatdor hamkorlar bilan mazmunli suhbat olib borishga tayyormiz.
Biz hech qachon o‘z hukmimizni boshqa davlatlarga o‘tkazishga urinmaymiz. Bir barcha davlatlar bilan teng huquqili asosda, siyosiy-diplomatik uslublardan foydalangan holda, global va hududiy muammolarni birgalikda hal qilishga tayyormiz.
Biz o‘z mudofaa quvvatimizni yetarli miqyosda rivojlantirmoqdamiz va barchadan o‘zib ketishga, bir tomonlama harbiy ustuvorlikka erishishga intilmaymiz, ayniqsa strategik xavfsizlik borasida. Shu bilan birga biz ushbu sohada kuchlar balansini kimdir o‘zi tomon tortib olishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaymiz.
Bizning sa’y harakatlarimiz xatarlarni kamaytirishga, qurol-yarog‘ ustidan nazorat borasidagi kelishmovchiliklarni suhbat va kelishuvlar asosida hal qilishga qaratilgan.
Bu borada Rossiya biroz oldin yangi “xavfsizlik tenglamasini” ishlab chiqish taklifi bilan chiqqan edi. Unda strategik barqarorlikka ta’sir qiluvchi barcha faktorlar va ularning o‘zaro aloqasi hisobga olinishi kerak. Bu borada siyosiy iroda va murosalarga tayyorlik ijobiy natija berishiga ishonchim komil. Rossiya va AQSh tomonidan strategik hujum qurollari miqdorini 2026-yilga qadar uzaytirish haqidagi shartnoma – bunga yaqqol misol bo‘lishi mumkin.
NATOning Rossiya chegaralari yaqinida qurolli kuchlar sonini oshirishi, harbiy infratuzilmasini rivojlantirishi va bizning, kutilmagan hodisalar xavfi va keskinlikni kamaytirishga qaratilgan, konstruktiv takliflarimizni ko‘rib chiqishni rad etayotgani ham bizni befarq qoldirmaydi, albatta. Umid qilamizki, oxir-oqibat sog‘lom fikr ustun keladi.
Global xavfsizlikni ta’minlashning o‘ta muhim jihati – hududiy mojarolarni bartaraf etishdir. Rossiya buning uchun faol harakat qilmoqda. Bizning harbiy yordamimiz tufayli Suriya hududining aksariyat qisimini xalqaro terrorchilardan ozod qilishga erishildi, Suriya hukumatining tarqalib ketishiga yo‘l qo‘yilmadi. Turkiya va Eron bilan Ostona formatida olib borilgan siyosiy-diplomatik faoliyat BMT qaramog‘i ostida Suriyada tinchlik o‘rnatish jarayonini boshlashga imkon berdi.
Rossiya, tarixiy, madaniy va insoniy aloqalar bilan uzuluksiz bog‘liq bo‘lgan qo‘shni davlatlar ravnaqi uchun ham, o‘z javobgarligini hech qachon unutmaydi. Biz kelajakda o‘z umumiy qit’amizda hududiy mojarolarni tanchlantirish, tinchlik va barqarorlikni mustahkamlashga o‘z hissamizni qo‘shishda davom etamiz.
Xulosa o‘rnida, sizlarga ezgulik va faoliyatingizga muvaffaqiyat tilab qolaman. Ishonchim komilki anjuman ishtirokchilarini oldinda qiziq muhokamalar kutmoqda. Ularning yakunida ishlab chiqilgan takliflar xalqaro xavfsizlik va barcharorlikni mustahkamlash uchun xizmat qiladi.
Diqqatingiz uchun rahmat."