Moskva-Toshkent yo‘lovchi poyezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yildi

Poyezdlar faqat bir tomonga, ya’ni Moskva-Toshkent hamda Voljskiy-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadi.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Pandemiya davrida Rossiyada qolib ketgan fuqarolarni O‘zbekistonga olib kelish maqsadida Moskva-Toshkent yo‘lovchi poyezdining maxsus reysi yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda "O‘ztemiryo‘lovchi" AJ xabar qildi.
Mazkur poyezd joriy yil 28-iyun kuni Moskva Kazanskiy-Toshkent yo‘nalishida harakatlanadi. U Moskvadan soat 22:28 da jo‘naydi.
Migrantlarni Rossiyaga vagonlab olib kirish taklif etildi
Shuningdek, 25-iyun kuni Voljskiy-Toshkent yo‘nalishida ham 1 ta maxsus poyezd qatnovini amalga oshiradi. U Voljskiy vokzalidan soat 20:57 da jo‘naydi.
Mazkur poyezdlarga faqat bir tomonga, ya’ni Moskva-Toshkent hamda Voljskiy-Toshkent yo‘nalishlariga chiptalar sotiladi. Chiptalarni onlayn e-ticket.railway.uz saytida xarid qilish mumkin