Hindiston "delta +" shtammi "yashin tezligida" yuqishini ma’lum qildi

“Delta-plyus” shtammi o‘ta yuqumli hisoblanadi - Hindiston tibbiyot fanlari instituti direktori Randip Guleriyu.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Koronavirus yangi “Delta-plyus” shtammining o‘ziga xos xususiyati shundaki, u o‘ta yuqumli hisoblanadi, deb xabar berdi India Today portali Butun Hindiston tibbiyot fanlari instituti direktori Randip Guleriyuga asosan.
Olimning fikriga ko‘ra, bemorning yonidan niqobsiz o‘tish o‘zi kifoya qiladi. Xavfsizlik choralariga rioya qilish infeksiya tarqalishini to‘xtatishga yordam beradi, rasmiylar yangi variantning monoklonal antitanachalarga chidamliligi va immunitetni "chetlab o‘tish" qobiliyatidan xavotirda.
Koronavirus "hindcha shtammi" Qozog‘istonga ham yetib keldi
" SARS-CoV-2 genomikasi bo‘yicha hind konsorsiumi mutaxassislari uni o‘rganmoqda (delta-plyus shtamm. - tahr.), va biz unga qarshi vaksinalarning qanchalik samarali ekanligini bilib olamiz", - deb qo‘shimcha qildi Guleriya.
Koronavirusning hind varianti (B.1.617) oktabr oyida aniqlangan. Keyinchalik, 3ta kichik tip ajratib olindi: B.1.617.1, B.1.617.2 ("delta") va B.1.617.3. Ular oqsilning bir nechta mutatsiyalari bilan ajralib turadi, shu tufayli patogen organizmga kiradi va dunyo bo‘ylab turlicha tarqaladi.
"Delta" shtammning mutatsiyasi davom etmoqda. O‘tgan haftaning oxirida Maharashtra shtati delta-plyus (B.1.617.2.1) paydo bo‘lganligi haqida xabar berdi. U S-oqsilida K417N mutatsiyasining mavjudligi bilan ajralib turadi, sog‘ayib ketgan va emlangan kishilarning zardobi va antitanachalarini faolligini kamaytirishi mumkin. Hindistonda B.1.617.2.1 infeksiyasiga chalinishning jami 22ta holati qayd etilgan.