Birdaniga 10 nafar bola tuqqan ayol haqida xabar yozgan muxbir uzr so‘radi

Janubiy Afrikada ayol tomonidan birdaniga 10 farzand tug‘ilishi haqidagi xabar muallifi Pit Rampedi hikoyani nashr etgani uchun uzr so‘radi.
Sputnik
TOShKENT, 23-iyun — Sputnik. Janubiy Afrikada ayol tomonidan birdaniga 10 farzand tug‘ilishi haqidagi xabar muallifi Pit Rampedi hikoyani nashr etgani va ma’lumotlarni yetarli darajada tekshirilmaganligi uchun rahbariyat va hamkasblaridan uzr so‘radi.
Eslatib o‘tamiz, Pit Rampedi Janubiy afrikalik 37 yoshli ayol birdaniga 10 nafar farzandni dunyoga keltirib, jahon rekordini o‘rnatgani haqida maqola yozdi: go‘yoki, Gauteng provinsiyasida yashovchi Gosiame Tamara Sitole 7 nafar o‘g‘il va 3 nafar qizni tug‘di.
“Salkam futbol jamoasi”: afrikalik ayol birdaniga 10 nafar bolani dunyoga keltirdi – foto
Janubiy Afrika Sog‘liqni saqlash vazirligi 10 bola tug‘ilishi haqidagi xabarga hech qanday tasdiq topmadi. Gosiame Sitolening sherigi ham bolalarni ko‘rmaganligini va ularning mavjudligiga isbotsiz ishonishdan bosh tortganligini aytdi.
Maqola muallifi manbalarga ishonib, bu masalasini chuqur o‘rganmaganligini tan oldi, ammo u ayolning homilador bo‘lganini aytadi.