TOShKENT, 22-iyun – Sputnik. Rossiya va O‘zbekiston orasidagi savdo aloqalari hajmi yaqin orada 10 milliard dollarga yetishi mumkin, dedi Abdulla Aripov bugun Moskvada bo‘lib o‘tgan Rossiya – O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining 2-yig‘ilishida.
O‘zbekiston bosh vaziri aytishiga qaraganda, ikki davlat orasida yaratilgan hamkorlik mexanizmi ushbu munosabatlarni muvaffaqiyatli rivojlanishi uchun xizmat qilmoqda. Xususan, pandemiyaga qaramasdan, yil boshidan buyon O‘zbekiston va Rossiya orasida savdo hajmi 15 % o‘sishi kuzatilmoqda.
“Savdo hajmi o‘sishda davom etgan taqdirda biz yaqin orada, belgilangan marra – 10 milliard dollarga yetamiz”, - dedi Aripov.
Bosh vazir so‘zlariga ko‘ra, buning uchun bir qator faktorlar xizmat qilmoqda:
Rossiya vazirliklari va muassasalari, hudud rahbarlari bilan doimiy ravishda o‘tkazib kelinayotgan sermahsul uchrshuvlar, imzolangan bitimlar;
Rossiya va O‘zbekiston orasida tovarlarning bojxona qiymati haqida ma’lumot almashuv va soddalashtirilgan bojxona koridori yaratish to‘g‘risida imzolangan yangi bitimlar;
Rossiya tomonidan O‘zbekistonning turli sohalariga kiritilgan, umumiy qiymati 10 millard dollardan ortiq bo‘lgan investitsiyalari;
O‘zbekistonda Rossiya kapitali yordamida yaratilayotgan korxonalar soni oshib borayotgani. Xususan, yil boshidan buyon rossiyalik tadbirkorlar ishtirokida 90 ta yangi korzxona yaratilgan;
Ma’lumot uchun, bugun 22-iyun kuni Moskvada Rossiya va O‘zbekiston hukumatlararo komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida Rossiya va O‘zbekiston munosabatlarini yanada faollashtiruvchi 12ta shartnoma va kelishuvlar imzolandi.