O‘zbekistonda biologik qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallangan laboratoriyalar yo‘q – TIV

Bir qator OAVda O‘zbekistondagi mavjud laboratoriyalarning go‘yoki biologik qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallanganligi to‘g‘risida xabarlar tarqaldi.
Sputnik
TOShKENT, 22-iyun — Sputnik. O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi OAVlarda tarqalayotgan respublikaning G‘arb davlatlari bilan bioxavfsizlik sohasidagi hamkorligi go‘yoki qo‘shni davlatlar uchun xavf tug‘dirayotgani to‘g‘risidagi bayonotlarga munosabat bildirdi.

<...> O‘zbekistondagi mavjud laboratoriyalarning go‘yoki biologik qurol ishlab chiqarishga mo‘ljallanganligi to‘g‘risida tarqalayotgan ma’lumotlarning mutlaqo haqiqatga to‘g‘ri kelmasligiga e’tibor qaratamiz. Shuni ta’kidlash kerakki, ushbu laboratoriyalar faqat diagnostik tadqiqotlar o‘tkazish va tinchlik maqsadlaridagina foydalanish uchun mo‘ljallangan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Bakteriologik va toksik qurol-yarog‘larni taqiqlash to‘g‘risidagi Konvensiya ishtirokchisi sifatida biologik qurol-yaroqlarni ishlab chiqarish va to‘plashning taqiqlanishini ta’minlaydi”, - deyilgan rasmiy bayonotda.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonga nisbatan bildirilgan har qanday asossiz bayonotlar ikki tomonlama munosabatlarda muayan keskinlikni keltirib chiqaradi.
Vazirlik bu, eng muhimi, o‘zaro ishonchga asoslangan davlatlararo muloqotga zarar yetkazadi deb hisoblaydi.
O‘zbekistonda AQSh biolaboratoriyalari bo‘lmagan va bo‘lmaydi - Madaminov