TOShKENT, 22-iyun - Sputnik. Filippin prezidenti Rodrigo Duterte COVID-19 infeksiyasini yuqtirayotganlar soni ortib borayotgan bir vaqtda vaksina olishni istamaydiganlarni qamoqqa tiqish va’dasini berdi.
Bu haqda Aljazeera.com nashri xabar bergan, deb yozadi RIA Novosti.
"Agar sen vaksina olishni istamayotgan bo‘lsang, men seni qo‘lga olaman va emlayman. Sizlar ziyonkorsizlar... Agar siz vaksina olmas ekansiz, Filippinni tark eting. Hindistongami yoki Amerikagami keting. Men ichki ishlar vazirligi va mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish idoralariga vaksina olishdan bosh tortayotgan odamlar ro‘yxatini shakllantirish buyrug‘ini beraman", - degan davlat yetakchisi.
"Faqat ahmoq odamlargina" vaksina olishni istamasligi mumkin, deb qo‘shimcha qilgan Duterte.
"Ey, vaksina olishni istamayotgan odamlar, men sizlarga cho‘chqa vaksinasini kiritaman. Bu virusni ham, sizni ham aniq o‘ldiradi",- deb qo‘rqitgan Duterte.