TOShKENT, 21-iyun - Sputnik. Toshkentda Janubiy Koreya fuqarosi o‘z vatandoshi, "Taekwondo WTF" uyushmasi murabbiyini pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar bermoqda.
Fojia 15-iyun kunni tong sahar Chilonzor tumanida yuz bergan.
44 yashar janubiy koreyalik K.D., o‘ta mast holda vatandoshi bilan janjallashib qolib, mojaro oqibatida "Taekwondo WTF" murabbiyi bo‘lgan tanishi 39 yashar K.Jga pichoq bilan og‘ir tan jarohatlarini yetkazgan.
Jabrdiyda kasalxonaga olib borilgan, ammo tibbiyot xodimlari urinishlariga qaramasdan ertasi kuni vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 104-modda (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi "d" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Gumonlanuvchi erkak qo‘lga olingan. Tergov harakatlari davom etmoqda.