Koronavirus "hindcha shtammi" Qozog‘istonga ham yetib keldi

Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlardan olingan namunalarini PSR-skrining tekshiruvidan o‘tkazdi.
Sputnik
TOShKENT, 21-iyun — Sputnik. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusning hindcha shtammining Nur-Sultonda ehtimoliy aylanishini aniqladi, deb xabar qildi Sputnik Qozog‘iston.
Nur-Sultonda koronavirus infeksiyasi bilan kasallanishning keskin o‘sishi munosabati bilan Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirusga chalingan bemorlardan olingan namunalarini PSR-skrining tekshiruvidan o‘tkazdi.
Skrining natijalariga ko‘ra, "delta" shtammiga (hindcha) xos bo‘lgan mutatsiyani aniqlandi.
O‘ta xavfli "qora mog‘or" Iroqqa yetib keldi: 2 kishi vafot etdi
Mutatsiya mavjudligi va uning "delta" shtammiga tegishli ekanligi yakuniy tasdig‘i DNK namunalarining to‘liq tahlili tugagandan so‘ng aniqlanadi.
Koronavirusning "Delta" turi juda yuqumli va aniqlangan shtammlarga qaraganda 60% ko‘proq yuqumli bo‘lib, o‘rtacha 1 kishidan 5-6 kishiga yuqadi, aylanib yuruvchi shtammlardan 3-4 kishiga yuqadi, qisqaroq inkubatsiya davri (7 kungacha) bilan farq qiladi.
Bu infeksiyaga chalingan bemorlarda bo‘g‘imlarda va qorin bo‘shlig‘ida qattiq og‘riq, ko‘ngil aynishi va qayt qilish alomatlarni sezadi, kasallik karlik va oyoqlarning mikrotromoziga olib kelishi mumkin.
BSSTning ma’lumotlariga ko‘ra, 20-iyun holatiga SARS-CoV-2ning "delta" shtammi 74ta davlatda aniqlandi.