TOShKENT, 20-iyun — Sputnik. Turkmanistonning Moskvadagi elchixonasi qarshisidagi qo‘riqlash budkasida politsiya xodimining jasadi topildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.
Agentlik suhbatdoshining so‘zlariga ko‘ra, politsiyaga ertalab Moskva vaqti bilan soat 5 da xabar kelib tushgan.
“Voqea joyiga yetib kelgan politsiya xodimlari qo‘riqlash postidagi punktda xizmatda bo‘lgan politsiya katta leytetantining jasadini topishdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘z joniga qasd qilgan”, - degan RIA Novosti manbasi.
Hozirda tekshiruv o‘tkazilmoqda. Hodisanining barcha tafsilotlari aniqlanmoqda.